Fransiya Shveysariya oyinida Pumaning 5 ta formasi, Adidasning 1 ta topi yirtilib ketdi

: 635
Yevro2016 A guruhi 3-turi doirasidagi Fransiya va Shveysariya oyinida muxlislar bitta ham gol kormadi. Buning evaziga ular Shveysariya termasidan 5 ta futbolchining futbolkasi yirtilib ketganiga guvoh boldi.

Fransiya  Shveysariya oyinida Pumaning 5 ta formasi, Adidasning 1 ta topi yirtilib ketdi

Shveysariya terma jamoasi liboslari Puma kompaniyasi tomonidan tayyorlangandi. Fransiyaga qarshi bellashuvda harakat qilgan futbolchilardan 5 tasi formasini yirtib oldi. Shulardan 4 tasi zaxirada turgan yangi libosga murojaat qilishga majbur boldi.

Fransiya  Shveysariya oyinida Pumaning 5 ta formasi, Adidasning 1 ta topi yirtilib ketdi

Fransiya va Shveysariya termalari oyinida, shuningdek, Yevro2016 ning rasmiy topi Adidas tomonidan tayyorlangan top ham yorilib ketdi. Beau Jeu deb nomlangan va fransuz tilidan tarjima qilinganda chiroyli oyin manosini beruvchi top bunga qadar bu holga tushmagandi.

Fransiya  Shveysariya oyinida Pumaning 5 ta formasi, Adidasning 1 ta topi yirtilib ketdi

Qayd etish kerak, Real bosh murabbiy Zinedin Zidan Yevro2016 uchun maxsus ishlab chiqilgan topni oz Instagram sahifasida namoyish qilgandi.

Fransiya  Shveysariya oyinida Pumaning 5 ta formasi, Adidasning 1 ta topi yirtilib ketdi

Malumot uchun, Puma va Adidas kompaniyalarining asoschilari tugishgan aka-ukalar hisoblanadi. Avvaliga aka-ukalar birga faoliyat olib borgan. 1948-yilga kelib ular ajralib ketib, Adolf Dassler Adidas kompaniyasiga, uning akasi Rudolf Dassler esa Pumaga asos solgan.

Fransiya  Shveysariya oyinida Pumaning 5 ta formasi, Adidasning 1 ta topi yirtilib ketdi dle 10.6


, .
.